Light | 20:22 / 29.08.2017
8546
1 daqiqa o‘qiladi

Bargli sabzavotlar - diabet profilaktikasi garovi

Foto:anibee.tv

Diabet - zamonaviy tibbiyotning asosiy muammolaridan biri. Olimlar bu kasallikning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima iste'mol qilish kerakligini aniqlashga harakat qilishmoqda. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Lesterlik olimlar bu savolga javob topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular 220 ming kishining tahlillar natijalarini o‘rganib chiqishdi. Natijada sabzavotlar iste'moli va diabetdan himoyalanish o‘rtasida bog‘liqlikni topishning uddasidan chiqishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, kun davomida bargli sabzavotlardan iborat qo‘shimcha porsiya iste'moli diabetga yo‘liqish  ehtimolini 14 foizga pasaytirar ekan. 

Masalan, ismaloq diabetdan ajoyib himoya hisoblanadi. Undagi antioksidantlar, mikroelementlar va qator vitaminlar kasallik rivojlanishining oldini oladi. 

Mavzuga oid