Sport | 15:26 / 30.08.2017
44447
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Xitoyga qarshi o‘yinini Xayrulla Hamidov sharhlaydi

Foto: Kun.uz

31 avgust kuni soat 17:00dan boshlab O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining navbatdagi turida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahsni boshlaydi. 

Ushbu uchrashuv «Sport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Ushbu o‘yinni Xayrulla Hamidov va Dilshod To‘xtabekov sharhlab borishadi. Bu ma'lumotni «Tribuna»ga sharhlovchi Xayrulla Hamidovning o‘zi tasdiqladi.

Ushbu o‘yin terma jamoamiz uchun hayot-mamot bahsiga aylangani uchun, Xitoydagi bahsga bo‘lgan e'tibor jiddiyligidan «Sport»  teleradiokanali xodimlari kun davomida ushbu uchrashuvga doir ko‘rsatuvlar tayyorlashga qaror qilishgan. 

Ma'lum qilinishicha, 31 avgust kuni soat 10:40dan boshlab bir yarim soat davomida efirga uzatiladigan ko‘rsatuv orqali o‘yin sharhlovchilari safarga ketgan Farrux Rasulovga aloqaga chiqib, futbolchilarimizning Xitoydagi holati xususida suhbat qurishadi. Shuningdek, oraliq ko‘rsatuvlarga taniqli mutaxassislar ham jalb etilgan bo‘lib, ular uchrashuvdan oldingi fikr-mulohazalarini bildirib, termamiz o‘yinini tahlil qilishga yordam berib yuborishadi.

O‘yin translyatsiyasi ham uchrashuv boshlanishidan bir soat oldin boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov biroz oldinroq uzoq tanaffusdan keyin yana televideniyega qaytgandi.

Mavzuga oid