AQShda qurilish maydonida 66 mln yillik dinozavr suyaklari topildi
AQShning Kolorado shtati, Torton shahridagi qurilish maydonchasida 66 mln yillik tritseratops dinozavrining suyaklari topildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Denver tabiat va fan muzeyi kuratori Jo Sertichning aytishicha, quruvchilar dinozavr suyaklarini qum ko‘p miqdorda bo‘lgan hududda aniqlashgan. Shu sababli qazish ishlari ancha tez bormoqda.
“Biz uni ochib, bu tritseratopsning nafaqat bir oyog‘i yoki sonining bir qismi, balki shoxi ekanligini anglagach, topilma haqiqatan ham qiziqtirib qo‘ydi”, deb aytmoqda Sertich. U dinozavrning to‘liq skeletini qazib olishga muvaffaq bo‘linishiga umid qilmoqda. Ayni vaqtda dinozavrning shoxi va yelka suyaklarini qazib olishga muvaffaq bo‘lingan.
Sertichning aytishicha, suyaklar 25 avgustda topilgan, biroq o‘g‘rilar va vandallar e'tiborini jalb qilmaslik maqsadida bu haqda endigina ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, qazish ishlari olib borilayotgan hudud kun bo‘yi qo‘riqlanmoqda.
Tritseratopslar taxminan 66-68 mln yillar avval Shimoliy Amerika hududida mavjud bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024