Sport | 22:35 / 31.08.2017
26023
2 daqiqa o‘qiladi

Boks, JCh–2017: Ikkinchi bokschimiz finalda - Iqboljon Xoldorov

Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlarining birinchi kuni o‘tkazilmoqda.

64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida yarimfinal bahslashuvida Iqboljon Xoldorov - amerikalik Freudis Roxasga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.

Foto: AIBA
Foto: AIBA
Foto: AIBA

Endi Iqboljon Xoldorovga finalda kubalik Endi Kruz Gomes raqib bo‘ladi. Bu sportchi yarim final bahsida armanistonlik Hovannes Bachkov ustidan mutlaq g‘alabaga erishdi (5:0).

Foto: AIBA

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 49 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov kolumbiyalik  Yuberxen Martines ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Hasanboy ikkinchi yarim finalda qozog‘istonlik Jo‘mart Erjan ustidan g‘alaba qozongan kubalik Xoanis Argilagosga qarshi finalda ringga chiqadi.

Bizni bugun vakilimiz ishtirokida yana bir jang kutib turibdi.

91 kg. Vazn toifasida yarim finalda soat 23:00 da Sanjar Tursunov rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ushbu yarim finalning narigi juftligi:
Vasiliy Levit (Qozog‘iston) - Erislandi Savon (Kuba)

Mavzuga oid