Jahon | 14:49 / 02.09.2017
11824
1 daqiqa o‘qiladi
Klichko Kiyevdagi yo‘l sifatini mototsiklda tekshirib ko‘rdi
Kiyev shahri hokimi Vitaliy Klichko 1 sentabr kuni kechqurun shahar ko‘chalari bo‘ylab yo‘llar sifatini tekshirish maqsadida mototsiklda sayr qildi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
«Kecha yangilangan Vozduxoflotsk shoh ko‘chasini mamnuniyat bilan tekshiruvdan o‘tkazdim. Motosikllarda, «Kiyevavtodor» rahbari bilan. Yo‘l sifati, ta'mirlash ishlari qanday bajarilgani ikkita g‘ildirakda yaxshiroq his etiladi», - deya yozdi u.
Sobiq bokschining ma'lum qilishicha, «vaqti-vaqti bilan shunday sayrlarni amalga oshirib turadi».
Shuningdek, Klichko mototsiklda ketayotgani tasvirlangan videoni ham e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
11:20 / 18.09.2024
Kiyev rossiyaliklar tomonidan harbiy asir o‘ldirilgani ehtimolini tekshirmoqda
09:10 / 17.09.2024
FT: YeI Kiyevga 40 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin
13:42 / 12.09.2024