O‘zbekiston | 16:00 / 04.09.2017
88865
1 daqiqa o‘qiladi

Abdusalom Azizov IIV rahbarligidan ketdi

Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov lavozimini tark etdi.

Vazirlikdagi manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, Abdusalom Azizov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangan.

Sobiq mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiyevning keyingi ish joyi ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Abdusalom Azizov shu yilning yanvarida Adhamjon Ahmedboyev o‘rniga Ichki ishlar vaziri etib tayinlangandi.

Mavzuga oid