O‘zbekiston | 17:10 / 04.09.2017
62834
1 daqiqa o‘qiladi

«GM Uzbekistan» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» narxlarni qayta ko‘rib chiqmoqda​

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va «GM Uzbekistan» avtokorxonasi mahsulot va xizmatlar uchun belgilangan narxlarni de fakto milliy valyutada hisoblanadigan tizimga o‘tishi munosabati bilan xorijiy valyutaga bog‘langan tariflarni so‘mda qayta hisoblaydi. Bu haqda Kun.uz nashriga o‘z manbasi xabar berdi.

Bundan avvalroq, O‘zbekiston mobil operatorlari va internet-provayderlari 5 sentabrdan boshlab xizmat tariflarini milliy valyutaga o‘tkazishini hamda joriy yilning 29 avgust kuni e'lon qilingan rasmiy kurs hisobi kelgusi faoliyat davomida asos qilib olinishini ma'lum qilgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida joylashgan xalqaro aeroportlar qoshidagi duty-free shoxobchalari ham milliy valyutaga bog‘langan tariflarga o‘tishi mumkin.

Mavzuga oid