Sport | 14:05 / 04.09.2017
17624
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston diniy nizolar fonida Myanmaga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi

2019 yilgi Osiyo kubogi uchun saralash o‘yinlari doirasida Qirg‘iziston va Myanma terma jamoalari o‘rtasida Bishkekda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yin Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov tomonidan bekor qilindi.

«Myanmadagi og‘ir vaziyat jamoatchilik o‘rtasida norozilik keltirib chiqargani va terrorchilik tahdidi paydo bo‘lgani tufayli, ehtimoliy tartibsizliklarning oldini olish maqsadida Bishkekdagi o‘yin bekor qilindi», — deya Qirg‘iziston hukumatidagi manbaga asoslanib xabar bergan «R-Sport».

Ayni vaqtda OFK Qirg‘iziston FF va Myanma FF bilan aloqada bo‘lib turibdi. Agar OFK Qirg‘iziston hukumati qarorini asossiz deb topsa, Qirg‘iziston terma jamoasi jazolanishi mumkin.

Myanma harbiylari ayni vaqtda Rakxaynda rohingyalarga qarshi amaliyot o‘tkazmoqda. Bu esa butun dunyodagi musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid