Rossiyaning San-Frantsiskodagi bosh konsulligi xizmat bo‘limi AQSh nazoratiga o‘tdi
RFning San-Frantsisko shahridagi bosh konsulligi binosining xizmat bo‘limi AQSh hukumati nazoratiga o‘tdi va politsiya tomonidan qurshab olindi. Bu haqda bosh konsul Sergey Petrovga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.
«Turarjoy qismida xodimlar yashashda davom etmoqda, ular 1 oktabrdan kech bo‘lmagan muddatgacha bu yerda istiqomat qilishlari mumkin», — degan Petrov.
AQSh hukumati konsullik binosini tamoman bo‘shatib qo‘yishning so‘nggi muddatini 1 oktabrga belgilangan.
Bosh konsulning qayd etishicha, «bu kabi ishlar xalqaro huquq va shunchaki huquqiy me'yorlardan chetga chiqadi». Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatik missiya xodimlari «o‘z xonadonlaridan chiqarib yuborilgan va Amerika tomoni buni tan olmoqda».
Petrov, shuningdek, Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, bosh konsullik yopilishi sababli tashvishlanmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024