Sport | 12:47 / 05.09.2017
42189
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yinini TVda kimlar sharhlashi ma'lum

Bugun soat 20:00 da «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston va Janubiy Koreya milliy terma jamoalari 2018 yilgi jahon chempionatining III saralash bosqichi guruhidagi so‘nggi o‘yinda kuch sinashish uchun maydonga tushadi.

Ushbu o‘yin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining biryo‘la 2ta telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda olib ko‘rsatilishi mo‘ljallangan.

«O‘zbekiston-24» telekanali efirida o‘yinni Rossiyadan taklif etilgan sharhlovchi Konstantin Genich rus tilida sharhlab boradi. Tribuna.uz’ning aniqlashicha, «Sport» telekanali efirida Murodjon Rizayev va Xayrulla Hamidov o‘yinni birgalikda sharhlab borishadi.

Mavzuga oid