Sport | 09:17 / 07.09.2017
5242
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik beysbolchilar raqiblari ortidan Apple Watch yordamida josuslik qilishgan

Foto: New York Times

AQShning bosh beysbol ligasi MLB’da ishtirok etuvchi “Boston Red Soks” klubi o‘yinchilari raqiblari ortidan Apple Watch soatlari yordamida josuslik qilishgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.  

Taftishning aniqlashicha, “Red Soks” o‘yinchilari raqiblari o‘yin vaqtida bir-birlariga qo‘l bilan bergan imo-ishoralarni bilish va shu tariqa ustunlikka ega bo‘lish maqsadida Apple Watch’dan foydalanishgan.

Bundan tashqari, “Nyu-York Yankis” klubining bosh menejyeri Brayan Keshman Boston klubi murabbiylar shtabining xodimlaridan biri o‘yin vaqtida soatda translyatsiyani ko‘rayotgan videoyozuvni taqdim qilgan. Ta'kidlanishicha, u to‘p qanday otilishini bilishga imkon beruvchi imo-ishoralarni ko‘rib olib, so‘ngra o‘z o‘yinchilariga bu haqda aytib turgan.

Aytilishicha, MLB o‘yinchilarga raqiblari imo-ishoralarini ko‘z bilan ko‘rishni taqiqlamaydi, biroq buni telesurat yordamida qilishga ruxsat bermaydi.

Hozircha “Red Soks” bu qilmishi uchun qanday jazolanishi noma'lumligicha qolmoqda.

Mavzuga oid