Jahon | 18:26 / 08.09.2017
33442
2 daqiqa o‘qiladi

Quyoshdagi chaqnash Yer magnit maydoni chiziqlarini «yondirmoqda»

Foto: NASA/GSFC/SDO

Quyosh kuchli chaqnash vaqtida Yerga yetib borgan va kuchli magnit bo‘roniga sababchi bo‘lgan plazma bulutini chiqarib tashladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Bo‘ronga 4-daraja berildi, shu bilan birga, bo‘ron maydoni yerga qarama-qarshi yo‘nalishdadir.

«Quyoshdan plazma buluti bizning sayyoramiz orbitasiga Moskva vaqti bilan soat tungi 2larda keldi - kutilayotgan muddatdan taxminan 12 soatga oldinroq. Bu esa uning tezligi kutilgan ko‘rsatkichlardan 1,5 martaga oshgani, hamda Yerga zarba juda kuchli bo‘lganini anglatadi. ACE qurilmasi ma'lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, magnit maydonining chiqarib tashlash yo‘nalishi sayyoramiz uchun salbiydir – maydon yerdagiga qarama-qarshi yo‘nalishda hamda ayni damda Yer maydoni chiziqlarini «yondirmoqda», - deya aniqlik kiritgan FIAN bosh ilmiy xodimi Sergey Bogachev.

Avvalroq Yerda to‘rtinchi darajali magnit bo‘roni kuzatilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid