Roy Jons yakkakurash jangchisi bilan jang o‘tkazmoqchi
Mashhur bokschi Roy Jons yaqin orada UFC’ning sobiq chempioni, braziliyalik Anderson Silva bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishi mumkin. 48 yoshli sportchining aytishicha, jang Rossiyada o‘tkazilishi mumkin.
“Men Rossiyada jang o‘tkazaman, biroq hozircha qachonligini bilmayman. Men bilan boks qoidalari bo‘yicha braziliyalik Anderson Silva jang o‘tkazmoqchi edi va men bunga qarshi emasdim. Biroq o‘shanda Silva xarchand urinmasin, UFC’da unga jang o‘tkazishga ruxsat berishmagandi. Hozir bunday imkoniyat paydo bo‘ldi va men undan jang o‘tkazishga chaqiriq bo‘lsa, uni 100 foizga qabul qilaman. Kim bilsin, balki bu jang Rossiyada o‘tar.
Menda bunday reja Floyd Meyvezerdan ancha oldinroq paydo bo‘lgandi. Menga uning Konor Makgregor bilan jangi yoqdimi? Bu boksni uncha tushunmaydigan odamlar uchun juda zo‘r jang bo‘ldi – ajoyib tomosha, olam-olam zavq, biroq jangga kelsak, u deyarli bo‘lmadi”, deb aytgan Jons.
Eslatib o‘tamiz, Jons Rossiya fuqaroligiga ega.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024