Sport | 02:13 / 13.09.2017
18245
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «V» guruhi. «Bavariya» va «PSJ»dan kutilgan futbol

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining «V» guruhidan o‘rin olgan birinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. Unda guruhning favoriti sifatida qaralgan ikki jamoa bildirilgan ishonchni oqlay oldi.

Myunxenda «Bavariya» «Anderlext»ni qabul qilib, raqiblari darvozasini javobsiz uch marotaba ishg‘ol qilgan bo‘lsa, «PSJ» Glazgoda «Seltik» mehmoni bo‘lib, bu ishni besh marotaba amalga oshirishning uddasidan chiqdi. E'tiborli tomoni, jamoaning ikki qimmatbaho xaridi Kilian Mbappe va Neymar ham bu uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1-tur

B Guruhi

Bavariya (Germaniya) – Anderlext (Belgiya) 3:0 (1:0)
Gollar: Levandovski (12, penalti), Alkantara (65), Kimmix (90).
Bavariya: Noyyer, Zyule, Martines (Boateng, 77), Rafinya, Kimmix, Tolisso, Alkantara, Xames (Koman, 85), Robben, Riberi (Myuller, 78), Levandovski.
Anderlext: Zels, Naxar (Appia, 26), Spayich, Desxaxt, Kipchu, Dendonker, Kums, Trebel, Stanchu (Onekuru, 59), Xanni, Teodorchik (Xarbaui, 84).
Ogohlantirishlar: Riberi (11), Trebel (22), Stanchu (53), Tolisso (74).
Chetlatish: Kums (11,Anderlext).

Seltik (Shotlandiya) – PSJ (Fransiya) 0:5 (0:3)
Gollar: Neymar (19), Mbappe (34), Kavani (40, penalti, 85), Lyustig (83, avtogol).
Seltik: Gordon, Lyustig, Tirni, Ralston, Shimunovich, Braun, Ntcham, Armstrong (Rogich, 46), Roberts (Forrest, 78), Sinkleyr, Griffits (Eduar, 69).
PSJ: Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti, Motta, Rabo (Draksler, 61), Neymar, Mbappe (Lo Chelso, 84), Kavani.
Ogohlantirishlar: Shimunovich (39), Ralston (53), Neymar (76).

Mavzuga oid