Londondagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlandi
Politsiya London metrosidagi teraktni amalga oshirgan gumondorning shaxsini aniqladi. Sky News shu haqida xabar berdi.
"Xavfsizlik idoralaridagi manbalar videokuzatuv kameralari yordamida "Parsons-Grin" stansiyasida portlash sodir etgan gumondorning shaxsini aniqlaganlari haqida ma'lum qilishdi", - deydi telekanal muxbiri.
Portlash London metrosining "Parsons-Grin" bekatida odam tig‘iz paytda ro‘y bergan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktdan keyin shifoxonaga joylashtirilganlar soni 29 kishiga yetgan. Jabrlanganlar hayotiga jiddiy xavf yo‘q.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, vagonda qo‘lbola bomba portlab ketgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar tezda evakuatsiya qilingan va metro bekati yopilgan.
Parsons-Grin — London g‘arbidagi xorijliklar, talabalar va o‘rtahol britaniyaliklar yashaydigan tuman.
Mavzuga oid
22:37 / 17.09.2024
Londondagi Oksford-strit ko‘chasi piyoda uchun mo‘ljallangan hududga aylantiriladi
14:50 / 16.09.2024
Buyuk Britaniyada “Lazgi” spektakli namoyish etildi
08:50 / 14.09.2024
Vashington va London Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi bo‘yicha qarorni keyinga qoldirdi
13:19 / 12.09.2024