Onlayn-auksionda birinchi “chiroyli” avtoraqam sotildi
2017 yilning 14 sentabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimida “chiroyli” avtoraqamni sotish bo‘yicha birinchi bitim tuzildi. Elektron savdolar yakuniga ko‘ra, Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,5 so‘mga sotildi. Lotning boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘mni tashkil etadi.
Savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmasida rasmiylashtirishi lozim.
Ayni paytda birjaning avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 841 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari, shu jumladan 635 ta – jismoniy shaxslar va 206 ta – yuridik shaxslar uchun qo‘yilgan. Auktsionga qo‘yilayotgan respublikaning barcha hududlarining avtoraqamlarini soni kundan kunga ortib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, auksionlarni yakunlash muddati sotuvchining talabnomasi qo‘yilgan paytdan boshlab eng kamida uch ish kunini tashkil etadi.
Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma'lum, lekin bu yakuniy baho emas
Mavzuga oid
15:37 / 26.11.2020
Bekobodlik tadbirkor ishi: prokurorning da'vosini fuqarolik sudi ham rad etdi. Prokuratura «jang»ni to‘xtatmoqchi emas
14:31 / 03.11.2020
Bekobodlik tadbirkor ishi: viloyat prokuraturasi tahririyat so‘roviga javob bermayapti
16:28 / 23.06.2020
Avtoraqamlar savdosi keskin oshdi
11:13 / 10.06.2020