50 tonnagacha bo‘lgan avtokranlarga imtiyozlar tatbiq etilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi (4 sentabr 2017 yil).
Norma.uz’ning yozishicha, tuzatishlar yuk tashish va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari importiga daxl qildi. TIF TN kodi 8705 10 009 0 bo‘yicha yuk ko‘tarish qobiliyati 50 tn gacha (ilgari – 25 tn.gacha) bo‘lgan avtokranlarga imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Shunday qilib, ko‘rsatilgan avtokranlarni import bo‘yicha olib kirishda 70 + 3 AQSh dollari/kub sm stavka bo‘yicha import bojxona boji, shuningdek 20% QQS to‘lanadi.
Tuzatishlar 3 oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
12:14 / 12.06.2024
Toshkentda avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi
15:19 / 11.08.2023
Toshkentda yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan avtokranda yong‘in kelib chiqdi
09:30 / 09.06.2023
Nogironligi bor shaxslar OTMga kirishda qanday imtiyozlarga ega?
11:44 / 02.06.2023