Dunyoning eng chiroyli maktablari (fotojamlanma)
Maktab binosi va o‘quv xonalarining ko‘rinishi o‘quvchilarning ta'lim olishiga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin ekan. Shu darajadaki, Amerika arxitektura instituti (AIA) bu borada maxsus qo‘mitasiga ega bo‘ldi - u dunyoning eng yaxshi o‘quv muassasalarining me'morchiligini o‘rganish va fikr almashish maqsadida tuzilgan. Qo‘mita 2017 yilgi Design Facility Design Award uchun eng chiroyli innovatsion o‘quv dargohlarini tanladi. CNN ushbu muassasalar suratlari va ularga oid ba'zi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
1. Turfa ranglar jilosi va egri-bugri yo‘nalishlar - Singapurdagi Nanyan boshlang‘ich maktabining o‘ziga jalb qiluvchi jihati hisoblanadi. Ranglarning o‘quv jarayonlariga ahamiyati juda katta, bu borada hatto qator tadqiqotlar ham o‘tkazilgan.
2. Tokiodagi Fyuji bolalar bog‘chasi. Bu yerda sinf xonalarining o‘rtasida ham daraxt o‘sib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ochiq kengliklar jamoaviy xatti-harakatlar uchun ayni muddao.
3. Los-Anjyelesdagi 9-sonli o‘rta maktabda o‘quvchilar har xil xonalarda tahsil olishadi. Shunga qarab, qanday o‘quv muhiti o‘quvchilarning yaxshiroq bilim olishi uchun xizmat qilishini o‘rganish mumkin.
4. Ispaniyadagi Roldan shaharchasida joylashgan davlat maktabi yashil "gilam" bilan qoplangan. Har bir xona muayyan yo‘nalishda ta'lim olishga mo‘ljallangan.
5. Shotlandiyaning Glazgosidagi Hazelwood School maktabida ko‘zi ojiz va kar-soqov o‘quvchilar ta'lim oladi. Bino o‘quvchilarning harakatlanishi uchun qulayliklar bilan ta'minlangan.
6. Kaliforniya shtati, Medous ko‘rfazidagi Nueva xususiy maktabi jamoatchilikning o‘yin maydonlari va kutubxonalaridan foydalanadi va jamoatchilikka o‘zining bo‘sh xonalaridan foydalanish imkonini beradi, bu esa o‘quvchilarning jamoatchilik bilan munosabatlarini shakllantiradi.
7. Singapurdagi Nanyan texnologiya universitetidagi O‘quv markazi dizayni noodatiy ko‘rinishga ega.
8. Chiba (Yaponiya)dagi Xakusi bolalar maktabi muhiti innovatsion ko‘rinishga ega.