Fan-texnika | 21:01 / 21.09.2017
5906
1 daqiqa o‘qiladi

Infiniti elektrokar namoyish qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto:kolesa.ru

Yaponiyaning Infiniti markasi 2018 yil yanvarda ochiladigan Detroyt avtosalonida yangi kontseptini namoyish qiladi. Bu haqda Autocar portali xabar bermoqda. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Detroytda markaning elektokari namoyish qilinadi. Bu prototip negizida quriladigan seriyali mashina esa 2019 yilda taqdim qilinishi kerak.

Infiniti shef-dizayneri Alfonso Albaysaning ma'lum qilishicha, mashinaning sotuvga chiqariladigan versiyasi yangi platformada quriladi. Mashina haqida boshqa axborot ma'lum emas.

Foto:kolesa.ru

Shuningdek, Infiniti yaqinda boshqa bir yangi modeli – QX50 krossoverining keyingi avloddagi seriyali versiyasini namoyish qiladi. Ushbu mashina Frankfurt avtosaloniga olib kelinishi kutilgandi, biroq marka bu yili avtosalonda ishtirok etmadi. Ehtimol krossover 2017 yil oxirida yoki Deytroyt avtosalonida oshkor qilinadi.

Foto:kolesa.ru

 

Mavzuga oid