Light | 00:42 / 22.09.2017
35855
4 daqiqa o‘qiladi

7 sabab: Sizni semirishga nima majbur qilmoqda?

Yaqin-yaqingacha ortiqcha vazn muammosi faqatgina amerikaliklarning jiddiy muammosi edi, hozir esa bu dunyo miqyosidagi muammoga aylandi. Nima uchun odamlar tezkor sur'atlarda vazn to‘plamoqda? Sabab ko‘p, lekin asosiylari yettita. Ularni bartaraf qiling - shunda sanoqli kunlarda qomatingiz chiroyli bo‘ladi.

Qat'iy parhez

Foto: trendymen

Keng tarqalgan fikrga qarshi o‘laroq, parhez ozishga yordam bermaydi. Umuman olganda, ovqatni o‘tkazib yuborish - vazn tashlashning samarasiz usuli. Journal of Nutritional Biochemistry jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ovqatni vaqtinchalik cheklash metabolizmning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Qisqasi, tushlikni o‘tkazib yuborib, semizlik sari qadam tashlagan bo‘lasiz.

Noto‘g‘ri nonushta

Foto: trendymen

Nonushta - kun davomidagi eng muhim taomlanish vaqti ekani haqida eshitgandirsiz? Xullas, buni haqiqat deb qabul qilish vaqti keldi. Bo‘tqalar, apelsin sharbati va sarxil mevalar kunning mukammal boshlanishi bo‘ladi. Bunday nonushta biryo‘la metabolizmni ham mustahkamlaydi.

Uyqu yetishmovchiligi

Foto: trendymen

Umuman olganda, me'yordan ko‘p uxlash ham organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Sababi oddiy: uyqu yetishmasligi ham, uning me'yordan ko‘pligi ham metabolizmning sekinlashuviga olib keladi. Katta yoshli odam kuniga 7-9 soat uxlashi zarur.

Suvsizlanish

Foto: trendymen

Organizmingizning barcha hujayralari normal ishlashi uchun ularga suv kerak. Suvsizlikning yengil darajasida tana 3 foizga kamroq yog‘ ajrata boshlaydi. Suv ichishni yoqtirmaysizmi? Ko‘k choy iching. Bir piyola ko‘k choy metabolizmni 3 soatga tezlashtiradi.

Sport va dangasalik

Foto: trendymen

Metabolik jarayonlar sport mashqlari tugagandan keyin ishga tushadi. Ta'siri deyarli ikki kungacha saqlanib qoladi - demak, katta yoshli odam haftada uch marta albatta zalga chiqishi kerak. Mushak massasi to‘plami ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi: mushaklar doimiy energetik quvvatni talab qiladi, bu esa organizmni moddalar almashinuvini tezlashtirishga majbur qiladi.

Stress ta'siri ostida semirish

Foto: trendymen

Birinchidan, hatto yengil stress ham organizmingizni sekinlashishga majbur qiladi. Ikkinchidan, miyaning asabiy zo‘riqishidan oddiy usulda xalos bo‘lish mumkin: sizni shirinlik yeyishga majbur qilish. Albatta, bu bilan stressdan butkul qutulib bo‘lmaydi, biroq bu jarayonni boshqarish imkoni paydo bo‘ladi. Ishonmasangiz, sinab ko‘ring - yordam beradi.

Sut mahsulotlari

Foto: trendymen

Nima uchundir ko‘pchilik sut mahsulotlaridan voz kechish ozishga yordam beradi deb o‘ylaydi. Sut haqiqatda yog‘li, lekin shuni deb undan to‘liq voz kechish kerak emas. Gap shundaki, sut mahsulotlari organizmni kerakli miqdordagi kalsiy bilan ta'minlaydi. Yog‘ hujayralarida kalsiy qancha ko‘p bo‘lsa, organizm shuncha ko‘p yog‘ni parchalaydi.

Mavzuga oid