Bundesliga. Kunning eng kutilmagan natijasi qayd etildi
Germaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv o‘tkazildi. Unda Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z uyida «Volfsburg»ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Robert Levandovski va Aren Robbenning goli evaziga mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi, biroq ikkinchi bo‘limda ularning xotirjamlikka berilishi natijasida avvaliga Maksimilian Arnold, keyinroq esa Daniel Didavining gollarini o‘tkazib yubordi va natijada uchrashuv durang bilan tugadi.
Ushbu natijadan keyin «Bavariya» ochkolari sonini 13taga yetkazib, «Borussiya» Dortmundga yetib oldi, biroq dortmundliklar o‘z o‘yinini endi o‘tkazishadi.
Germaniya bundesligasi, 6-tur
Bavariya – Volfsburg 2:2 (2:0)
Gollar: Levandovski (33, penalti), Robben (42) – Arnold (56), Didavi (83).
Bavariya: Ulrayx, Xummels, Boateng, Rafinya, Robben (Xames, 85), Kimmix, Rudi, Vidal (Tolisso, 63), Riberi (Koman, 85), Myuller, Levandovski.
Volfsburg: Kastels, Uduoxay, Tisseran, Itter, Villiam (Blashchikovski, 46), Arnold, Kamacho (Didavi, 73), Malli, Gilavogi, Verxag, Origi (Bazur, 85).
Ogohlantirishlar: Vidal (13), Tisseran (18), Villiam (25).
Mavzuga oid
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
20:23 / 29.05.2024
Vensan Kompani – «Bavariya» bosh murabbiyi
17:58 / 25.05.2024
«Barselona» va «Bavariya»ning yangi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
17:31 / 19.05.2024