Jahon | 09:17 / 29.09.2017
3823
1 daqiqa o‘qiladi

Politico: Oq uy maslahatchilarining shaxsiy elektron pochtasidan foydalanganini tekshirmoqda

Foto: Getty Images

Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner bilan bog‘liq mojarodan so‘ng barcha maslahatchilarning shaxsiy elektron pochtalaridan foydalanishlarini tekshirishni boshladi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

Nashrning avval xabar berishicha, Kushner va prezidentning boshqa maslahatchilari xizmat yozishmalarini amalga oshirish uchun shaxsiy elektron pochtalaridan foydalanishgan. 

Gazetaning yozishicha, elektron pochta aloqasini tekshirishda Trampning kuyovi Jared va uning rafiqasi, Trampning qizi Ivanka jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, surishtiruv ishlari bir necha oylarga cho‘zilishi mumkin. 

Mavzuga oid