Sport | 18:07 / 29.09.2017
22079
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu yana eng yaxshi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar ligasida ikkinchi tur o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U 35 foiz ovoz olib barcha raqiblarni ortda qoldirgan.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Ronaldudan tashqari, Andres Inesta, Harri Keyn, Neymar, Romelu Lukaku, Kevin de Bryuyne, Gonsalo Iguain hamda Vensan Abubakar da'vogarlik qilishgandi.

Portugaliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda dubl qayd etgandi.

Ikki tur o‘yinlaridan keyin Ronaldu hisobida 4 gol bor. U to‘purarlar poygasida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «Sevilya» hujumchisi Vissam Ben-Yyedder bilan bo‘lishib turibdi. «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn esa 5 gol bilan yaqqol peshqadam.

Mavzuga oid