Xitoyda 6 ming metr chuqurlikka tushuvchi qurilma yaratildi
Xitoy fanlar akademiyasi chuqur suv ostiga sho‘ng‘uvchi okean qurilmasini ikki haftalik sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, okean tubini o‘rganishga mo‘ljallangan qurilma 6 ming metrgacha suv ostiga sho‘ng‘ishi mumkin.
"Biz Xitoy 6 ming metrgacha sho‘ng‘uvchi, masofadan boshqariluvchi suv osti qurilmalarini yaratgan davlatlar qatoridan (AQSh, Fransiya va Yaponiya) joy oldik, deb aytishimiz mumkin. Okean tublarini o‘rganish uchun Xitoyda yaratilgan, 7 ming metrlik chuqurlikka tushuvchi "Tszyaolun" va boshqaruvchisiz "Tsyanlun-1" batiskafi yaratilganidan keyingi yana bir muhim voqea bo‘ldi", deb aytganlar muhandislar.
Qurilma BMTing ilmiy-tadqiqot strukturalari ko‘magida yaratilgan hamda ekologiya va biologiya sohasidagi tadqiqotlar uchun hamda fanga hali ma'lum bo‘lmagan suv osti florasi va faunasini topishga mo‘ljallangan. Batiskaf 7 marta sho‘ng‘igan.
Tadqiqotchilarning fikricha, qurilmaning barcha mexanik tizimlarining ishonchliligi tasdiqlangan.
Mavzuga oid
15:35 / 29.06.2023
«Titan» halokatga uchragan joyda inson jasadlari qoldiqlari topildi
07:34 / 23.06.2023
"Titan" batiskafi ekipaji a’zolari halok bo‘lgan - operator-kompaniya
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023