Iqtisodiyot | 23:29 / 30.09.2017
77267
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident ayrim turdagi mahsulotlarga nisbatan import bojini bekor qildi

Foto: dpchas.com.ua

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda chorva hayvonlari, go‘sht va mayda chorva hayvoni go‘shtlari, baliq mahsulotlari, kartoshka, sut, un va boshqa birlamchi oziq tovarlarga qo‘yilgan import bojini bekor qildi. Bu haqda prezident tomonidan 29 sentabr kuni imzolangan qarorda xabar beriladi.

Joriy yilning 1 oktabr kunidan boshlab, ayrim turdagi tovar va mahsulot, umumiy hisobda 94 ta guruhda tasniflangan mahsulotlarga yangi boj stavkalari, 34 ta guruhdagi tovarlarga nisbatan yangi stavkadagi aksiz soliqlar joriy etilishi kutilmoqda. 

Import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijdan kiritilayotgan xomashyo va materiallar bilan ta'minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining iste'mol talabini qanoatlantirish maqsadida qabul qilingan qaror xalqqa xizmat qilishi tayin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 sentabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning navbatdagi chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.

Mavzuga oid