Jahon | 12:25 / 02.10.2017
22397
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegas «mergani» otib tashlandi

Amerikaning Las-Vegas shahridagi kazino yaqinida musiqa festivali ishtirokchilarini o‘qqa tutgan shaxs politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda shahar politsiyasining tvitterida xabar qilingan.

«Gumonlanuvchi yo‘q qilindi. Tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda», deyilgan xabarda.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Mandalay Bay Hotel mehmonxonalar majmuasi yaqinidagi otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan, ularning 14 nafari og‘ir ahvolda.

Noma'lum shaxs musiqa festivali ishtirokchilariga hududdagi 32 qavatli mehmonxona balkonidan turib o‘q uzgan. Xuddi shu vaqtda shaharning boshqa nuqtalarida ham o‘q ovozlari eshitilgan.

Mavzuga oid