Jahon | 10:50 / 04.10.2017
15526
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh KXDR bilan muzokaralar o‘tkazish shartini ma'lum qildi

© AFP 2017 / Jung Yeon-Je

Rasmiy Pyongyang yadro va raketa sinovlarini davom ettirar ekan, AQSh va KXDR o‘rtasida yadroviy muammolarni hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiysi Hezer Nauert ma'lum qilgan.

«Albatta, hozir ular bilan (KXDR) muzokara o‘tkazish payti emas», degan Nauert xonim. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR yadroviy sinov o‘tkazib, raketa uchirishda davom etar ekan, muzokaralar bo‘lmaydi.

«Kim ham bunday harakatlar uchun muzokaralar o‘tkazishni taklif qilardi?», deya qayd etgan u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, KXDR bilan muzokaralar faqat 1950-53 yillardagi Koreya urushi vaqtida asirga tushgan yoki bedarak yo‘qolgan amerikaliklar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.

Mavzuga oid