Prezident Qirg‘iziston bilan chegara bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.
Qonun 28 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan edi. Qonun bugun, 4 oktabr kuni Oliy Majlis Senatining 12-yalpi yig‘ilishida tasdiqlangandi.
O‘zbekiston Prezidentining 5-6 sentabr kunlari Bishkekka amalga oshirgan tashrifi doirasida davlat chegalari to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgandi. Ushbu kelishuv bilan o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 1170,53 kilometr yoki 85 foiz hududi delimitatsiya qilingan.
Parlament yuqori palatasining chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarning qolgan qismi yaqin vaqtlar ichida xatlanishi lozim.
Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni 2 oktabrda imzolagandi. Qirg‘iziston rahbari 5−6 oktabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.
Mavzuga oid
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
21:01 / 13.03.2024
Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilindi
10:10 / 01.12.2023
Qozog‘iston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi
06:15 / 20.08.2023