Sport | 10:30 / 05.10.2017
14796
1 daqiqa o‘qiladi
OAV «Bavariya»ning yangi murabbiyi kim bo‘lishi haqida xabar topdi
«Bavariya»ning sobiq murabbiyi Yupp Haynkes murabbiylik faoliyatini qayta boshlashi va klub bosh murabbiyligiga qaytishi mumkin.
Bild nashrining tasdiqlashicha, 72 yoshli mutaxassis myunxenliklar klubini joriy mavsum oxiriga qadar boshqaradi.
28 sentabr kuni Karlo Anchelotti iste'foga chiqarilganidan buyon «Bavariya»da bu lavozim bo‘sh qolmoqda. Ayni vaqtda Villi Sanol bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlamoqda.
Haynkes 2013 yilda «Bavariya» bilan Yevropa chempionlar ligasi, Bundesliga, mamlakat kubogi hamda superkubogida g‘olib chiqib, trebl qayd etgan va shundan keyin murabbiylik faoliyatini yakunlagandi.
Mavzuga oid
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
20:23 / 29.05.2024
Vensan Kompani – «Bavariya» bosh murabbiyi
17:58 / 25.05.2024
«Barselona» va «Bavariya»ning yangi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
17:31 / 19.05.2024