Jamiyat | 18:30 / 06.10.2017
78855
1 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘nor tumani hokimi shifoxonada vafot etdi

6 oktabr kuniga o‘tar kechasi Andijon viloyati Ulug‘nor tumani hokimi Asilbek Akramovich Yusupov og‘ir xastalik tufayli olamdan o‘tdi. 

Asilbek Yusupov 3 kun oldin miyaga qon quyilishi diagnozi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Kun.uz ma'lumotiga ko‘ra, marhum kasalxonada jon bergan.

Asilbek Yusupov shu yilning 22 fevralida Ulug‘nor tumani hokimi etib tayinlangan edi. Lavozimga tayinlanishdan oldin U O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departament direktori lavozimida ishlagan. 

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Mavzuga oid