Jamiyat | 10:05 / 06.10.2017
9411
9 daqiqa o‘qiladi

«UP» bilan birga bilimlar cho‘qqisi sari olg‘a!

Foto: UP

Toshkent shahridagi umumta'lim o‘quv muassasalarida «UP» savdo belgisining InterSok kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi maktab dasturiga start berildi.

«UP» – maxsus qadoqdagi 125 ml'li naychaga ega bolalar sharbatlari va nektarlari. Assortimentda besh xil ta'm taqdim etilgan - olma, olcha, shaftoli, o‘rik, multifrut - ularning har biri g‘aroyib ertak qahramoni bilan "do‘stlashadi". Sharbatlar qadoqlarini bezovchi quvnoq "maxluqlar" bir-biriga o‘xshamaydi, ularning har biri o‘z fe'l-atvori va hatto o‘z ismiga ega - Barki, Tvinis, Volli, Puli va Toro-toro. Turli ta'mli sharbatlar qatorida olma sharbati ajralib turadi - uning tarkibida qand umuman yo‘q, u haqiqiy sehrli xususiyatlari bilan ajralib turadi: IQ'ni oshiradi, o‘qish qobiliyatini yaxshilaydi, intellektual rivojlanishni rag‘batlantiradi. Bu esa o‘quvchilar uchun ayni muddaodir!

O‘qishga bo‘lgan qiziqish kun sayin kuchayib borishi uchun qanday yo‘l tutish kerak? Yangi bilim va a'lo baho olish olish jarayonini qanday qilib qiziqarli "kvest"ga aylantirish mumkin? Bu savollar InterSok kompaniyasini respublikada o‘xshashi yo‘q yangi maktab dasturini ishlab chiqishga undadi.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, diqqat markazida - boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari. O‘quvchi yoshlarga mo‘ljallangan turli loyihalar, grantlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, bu toifadagi bolalar bilan deyarli hech kim maqsadli ish olib bormaydi. InterSok bolalarni yaxshi o‘qish, bilim olishga undash maqsadida aynan boshlang‘ich maktabga kelishga qaror qilgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Buning oson yo‘li qanday? To‘g‘ri, o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar shaklida.

Foto: UP
Foto: UP

«UP» savdo belgisining maktab dasturi shunga asoslangan. Brend vakillari qadoqdagi xuddi o‘sha g‘aroyib "maxluqlar" kiyimini kiygan animatorlar - Barki va Puli bilan birga bolakaylarning oldiga mehmonga kelishadi. Sevimli sharbatlari bilan mehmon qilishadi, tabiiy sharbatlarning foydasi haqida so‘zlab berishadi va... sovg‘alar ulashishadi! Har bir boshlang‘ich sinf o‘quvchisi maktab qurollari to‘plami, shu jumladan ta'til, bayramlar kunlari belgilangan individual o‘quv taqvimi hamda daftar muqovalariga (ko‘paytirish jadvali va grammatik qoidalar berilgan) ega bo‘ladi. Barchasi bejirim, yorqin, asosiysi - foydali.

Biroq bu keng ko‘lamli dasturning boshlanishi, xolos. Bolalarga «UP» savdo belgisining tanlovida ishtirok etish taklif etiladi, har bir chorak yakunlariga ko‘ra, sinfning eng yaxshi o‘quvchilari rag‘batlantiriladi -  o‘quv jarayonlaridan chalg‘ituvchi mobil telefonlar yoki planshetlar bilan emas, maktab o‘quvchilari uchun haqiqatda qiziq bo‘lgan sovg‘alar bilan! Masalan, raqs studiyasi, mental arifmetika maktabi, ingliz tili kurslari, suzish kabi foydali joylarga abonementlar. Rivojlantiruvchi, foydali sovg‘alar - o‘qish uchun ajoyib rag‘bat, shunday emasmi? Bundan tashqari, har bir chorak yakunlariga ko‘ra, InterSok tug‘ilgan kun egalarini tabriklaydi, har bir davlat bayramiga hadyalar va kutilmagan sovg‘alar taqdim etish rejalashtirilgan.

Dastur doirasidagi faoliyat ikki yo‘nalishda olib boriladi: maktab fanlari (matematika, ingliz tili va h.k.) va jismoniy tarbiya. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, bolakaylarning nafaqat yaxshi o‘qishi, balki sog‘lom bo‘lishi va sport bilan shug‘ullanishi ham muhim. Barkamol shaxsning shakllanishi shundan boshlanadi, bu mamlakatimizdagi davlat yoshlar siyosatining muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. «UP» savdo belgisi vakillari maktablarda "Quvnoq startlar", tezlik va epchillikka oid musobaqalar o‘tkazishadi, shuningdek bolalarning turli fanlar bo‘yicha o‘qishini kuzatishadi. Bunday kompleks yondashuv - dasturning yana bir "fishka"sidir.

Foto: UP
Foto: UP
Foto: UP

Sovg‘alar shu bilan tugamaydi. Bolakaylarni shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni - 7 yoshli Humoyun Bekmurodov bilan uchrashuv kutmoqda. Shaxmat dahosi tengdoshlari bilan muloqot qiladi, bir vaqtning o‘zida ular bilan o‘yinlar va mahorat darslari uyushtiradi, sportning intellektual turi haqida so‘zlab beradi. Humoyun - «UP» brendining "yuz"i, tomoshabinlar mazkur savdo belgisining reklama roliklarida aynan uning tabassumini ko‘rishadi. Adabiyot, matematika va jismoniy tarbiya darslaridagi xatti-harakatlar aks etgan bir necha mini-syujyet umumiy g‘oya bilan birlashtirilgan: bosh qahramon "sehrli" sharbatni ichadi va imkondan tashqari xususiyatlarini namoyish etadi. Murakkab nazorat ishini hammadan yaxshi yechadi, hech kim yodlay olmagan she'rni aytib beradi, arqondan osonlikcha chiqadi. Aynan shu reklama kampaniyasi maktab loyihasi g‘oyasiga turtki berdi, ular bir tamoyilga asoslangan va bir xil g‘oyalarni hayotga tadbiq qiladi: «UP» bilan o‘qish - qiziq, zavqli va...  mazali!

Dasturni ishlab chiqishda boshlang‘ich sinflar rahbarlari, ota-onalar qo‘mitasi vakillari faol ishtirok etishdi. Bolalarga qanday o‘quv qurollarini sovg‘a qilish, uslubiy bazani ishlab chiqishda nimalarga e'tibor berish - bu savollarning bari o‘zaro kelishib hal qilindi. Loyiha davomida ham ana shunday uzviy hamkorlik kuzatiladi.

Ta'lim dasturi o‘z ichiga yana bir yo‘nalishni oladi: bolalar har chorakda bir marta InterSok kompaniyasi zavodlariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishadi. Bunday ekskursiyalar muntazam ravishda o‘tkaziladi va bolalar orasida juda mashhur: grafik bir necha oy oldinga mo‘ljal qilib taqsimlab chiqilgan. Albatta, dastur ishtirokchilari ustunlikka ega bo‘lib, odatda boshqalar qo‘yilmaydigan joylarda bo‘lish imkonini qo‘lga kiritishadi. Masalan, sharbat ishlab chiqarish jarayoni bilan ilmiy nuqtai nazardan tanishishi mumkin bo‘lgan  laboratoriyada. Yuz foizli olma sharbati qanday ishlab chiqariladi? Shaftoli yoki apelsin nektari qanday olinadi? Bu jarayonlarni yaxshiroq tushunish uchun maktab o‘quvchilari muayyan bilimga ega bo‘lishlari kerak, yangi dastur esa shu bilimlarni olishni rag‘batlantiradi. U - o‘ziga xos «katalizator» bo‘lib, bir tomondan, bolalarning o‘qishga qiziqishini oshirishga, boshqa tomondan esa - yosh iste'molchilar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqishga undaydi. Darvoqe, oldinda - maqsali auditoriyaga mo‘ljallangan yana bir necha dastur bor (tafsilotlar hozircha sir tutilmoqda). Turli darajadagi iste'molchilarga individual yondashuv va har bir insonning ko‘ngliga yo‘l topa bilish - InterSok kompaniyasining o‘ziga xos jihati bo‘lib, uning mahalliy bozordagi muvaffaqiyat siri hamdir.

Foto: UP
Foto: UP

26 sentabrda poytaxtdagi bir necha maktabda «UP» savdo belgisining yangi loyihasiga start berildi. Oldinda - Toshkent shahridagi qolgan umumta'lim maskanlari. Dekabr oyidan dastur O‘zbekistonning barcha mintaqalarida ishlay boshlaydi. «Maqsadimiz - bolalar planshetlar va telefonlardan chalg‘ishsin, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishsin va bajonidil o‘qishsin. Boshlang‘ich maktabda shakllangan bu ko‘nikma bolalarning butun hayoti davomida saqlanib qoladi va ularning turli sohalardagi muvaffaqiyati garovi bo‘ladi», - deya ta'kidlashmoqda dastur ishlab chiqaruvchilari.

Yangi bilimlar va ajoyib kashfiyotlar sari «UP» bilan birga olg‘a!

Sayt havolasi: intersok.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid