Los va bo‘rining olishuvi dron yordamida suratga olindi
Kanadalik Den Naystedt Shimoliy Ontario ko‘lida losning bo‘ri bilan olishuvini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. 6 daqiqalik video DJI Phantom 4 Pro droni yordamida suratga olingan.
Bo‘ri losdan o‘lchami kichik bo‘lishiga qaramay, qo‘qqisdan o‘rmondan chiqib sayozlikda turgan losga hujum qilib qolgan. Dastlab los bo‘ridan himoyalanib, unga tuyoqlari bilan zarba berishga urinadi. Shunday lahzalardan birida bo‘ri losning oyog‘iga xippa yopishib oladi va uni qo‘yib yuborishni istamaydi. Los xarchand urinmasin, bo‘ri uni qo‘yib yubormaydi. 2 daqiqachadan keyin los oxir-oqibat bo‘rining jag‘lari orasidan chiqishga muvaffaq bo‘ladi va qirg‘oq bo‘ylab qocha boshlaydi. Bo‘ri o‘ljani qo‘yib yuborishni istamay, uning ortidan ancha vaqt suzib borgan.
Natijada los ko‘l ichiga ancha ichkarilab ketgach, losni ta'qib qilishdan horgan bo‘ri ortga qaytishga qaror qilgan. Rolik so‘ngida temir yo‘l izlarida turib nasib qilmagan o‘ljasi ortidan kuzatib turgan ikkita bo‘ri tasvirlangan.
Mavzuga oid
21:45 / 04.09.2024
Hindiston shimolida odamxo‘r bo‘rilar to‘dasi o‘nlab hujumlarni amalga oshirdi
23:42 / 28.08.2024
Kanadada o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga 2,4 mlrd tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi chiqdi
19:11 / 27.08.2024
Kanada Xitoy elektromobillariga 100 foiz boj joriy qiladi
12:40 / 17.08.2024