Yapon dengiziga AQShning zarba beruvchi suv osti kemasi kirdi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining zarba beruvchi suv osti kemasi Tucson (SSN-770) Yapon dengizi akvatoriyasiga kirdi. Ushbu kema "Tomagavk" qanotli raketalari bilan jihozlangan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Kemada kanotli raketalarni uchirish uchun 12 ta pusk qurilmasi mavjud.
Janubiy Koreya OAV ma'lum qilishicha, kema AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bu mashg‘ulotlar keyingi haftada Shimoliy Koreya sohillari yaqinida boshlanishi rejalashtirilgan.
Shu maqsadda Koreya yarimoroliga AQShning yana bitta suv osti kemasi "Michigan" yo‘nalmoqda. U 154 ta "Tomagavk" bilan jihozlangan.
"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilishicha, dam olish kunlari "Michigan" Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirib boradi.
Mavzuga oid
22:03
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024