Jamiyat | 16:37 / 14.10.2017
12215
3 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shtepa va Farg‘ona tumanlarida yo‘qolgan sigirlar topildi

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan xabar berilishicha, boshqarma tezkor xodimlari tomonidan tungi vaqtda viloyatning Qo‘shtepa tumani Yangi hayot qishlog‘idagi fermer xo‘jaligi shiyponida boqilayotgan, bir dona narxi 3 mln. so‘m bo‘lgan sigirni o‘g‘irlab ketayotgan shaxslar Toshloq tumanida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, 1975 yilda tug‘ilgan muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan A.D., o‘zining jinoiy sheriklari, 1973 yilda tug‘ilgan B.A., 1975 yilda tug‘ilgan muqaddam bir necha bor sudlangan T.J., 1978 yilda tug‘ilgan R.Sh., 1981 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan M.A. va 1990 yilda tug‘ilgan Z.R.lar bilan birgalikda Qo‘shtepa va Farg‘ona tumanlari hududida fuqarolarga tegishli bir qancha sigirlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanganliklari ma'lum bo‘ldi.

Ular 2017 yilning 28 martidan 29 martiga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanining Nurobod ko‘chasidagi xonadondan bir dona 3,5 mln. so‘mlik, 31 martdan 1 aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanining Qirg‘izsho‘ra ko‘chasidagi xonadondan bir dona 3 mln. so‘mlik, 12 apreldan 13 aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan ikki dona 4 mln. so‘mlik, 17 apreldan 18 aprelga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan bir dona 1,5 mln. so‘mlik va bir dona 3 mln. so‘mlik, 23 apreldan 24 aprelga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan bir dona 1,5 mln. so‘mlik va bir dona 1,3 mln. so‘mlik sigirlarni o‘g‘irlashgan. Jinoiy guruh a'zolaridan jami 9 ta qora mol ashyoviy dalil tariqasida olindi. Ular o‘g‘irlikni jinoiy guruh a'zolaridan biriga tegishli VAZ-2102 rusumli avtomashinada sodir etganlar.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a'zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid