Fan-texnika | 23:33 / 17.10.2017
7466
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalar uchun mo‘ljallangan avtomobil o‘rindiqchasiga xavfsizlik yostiqchalari o‘rnatildi

Foto: motor.ru

Maxi Cosi kompaniyasi Air Safety Technologie texnologiyasini taqdim qildi. U avtomobillarda bolalarni olib yurishda qo‘llanadigan maxsus o‘rindiqchaga ikkita xavfsizlik yostiqchasini o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Bunday tizim sanoatda birinchi bor qo‘llanmoqda.   

Yostiqchalar AxissFix Air deb nomlanuvchi o‘rindiqning yelka qismiga joylashtiriladi. Ular o‘rindiqning bel qismida joylashgan karbonat angidridli gazdan iborat kartrij hisobiga shishadi. Tizim avariya yuz berganini 0,015 soniyada qayd qiladi, yostiqchalar esa 0,05 soniya ichida shishadi. 

Kompaniyada ushbu texnologiya evaziga mashina to‘qnashuvi vaqtida bola bo‘yniga tushadigan yuklama 55 foizga kamayishi ta'kidlab o‘tildi. 

Bunday o‘rindiq bo‘yi 61 sm dan 105 sm gacha bo‘lgan bolalar to‘g‘ri keladi. O‘rindiqning narxi Britaniyada 550 funt sterling turadi. 

Mavzuga oid