Sport | 09:07 / 18.10.2017
10449
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu YeChLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi

Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChLda o‘tkazilgan uchrashuvlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

Londonning «Tottenhem» jamoasi bilan musobaqa guruh bosqichining uchinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda portugaliyalik o‘z faoliyatidagi 143-uchrashuvini o‘tkazdi. Ronaldu bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Barselona» yarim himoyachisi Xavi (151 uchrashuv) va «Portu» darvozaboni Iker Kasilyasdan (166) ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Madridda bo‘lib o‘tgan «Real» hamda «Tottenhem» o‘rtasidagi bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mavzuga oid