O‘zbekiston | 14:50 / 20.10.2017
32314
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yana bir tuman hokimi almashdi

Xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokidagi sessiyada Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov o‘z arizasiga ko‘ra viloyat hokimining qarori bilan Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligidan ozod qilindi.

Uning o‘rniga shu paytgacha viloyat hokimligining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Asadulla Ikramovich Najmiddinov tuman hokimi etib tayinlangan.

Bundan oldinroq Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Nazirjon Hayitaliyev hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimi Bahrom Mamatqulov paxta terimini tashkillashtira olmagani uchun ishdan ketgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid