Fan-texnika | 17:14 / 23.10.2017
31071
2 daqiqa o‘qiladi

Eng ishonchsiz avtomobillar reytingi tuzildi

Chevrolet Camaro avtomobili amerikalik haydovchilar fikricha, eng ishonchsiz mashinalar reytingida yetakchidir. Ro‘yxat Consumer Reports portali tomonidan 640 mingdan ortiq avtomobil egalarini so‘rovdan o‘tkazish asosida tuzildi.

foto: Chevrolet Camaro

Chevrolet Camaro amerikaliklarni transmissiya bilan bog‘liq muammolar, elektrika va uzatma tufayli qanoatlantirmaydi. Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Mercedes-Benz GLC egalladi, uning egalari to‘xtatish tizimi, rul boshqaruvidagi muammolarga ko‘p duch kelishadi. Uchinchi pog‘onadan esa Jaguar F-Pace joy oldi. Unda transmissiya va elektrikada ko‘plab nosozliklar yuz beradi, shuningdek, salonda shovqin juda kuchli.

Eng ishonchsiz bo‘lgan avtomobillar orasida Tesla Model X elektr krossoveri ham bor bo‘lib, uning zaif jihatlari bo‘yoq, turli bezaklar, iqlim tizimi va kuzov elementlari sanaladi.

Bundan tashqari, “antireyting” o‘ntaligidan GMC Acadia yo‘ltanlamasi, Fiat 500 xetchbeki, Ford Focus va Ford Fiesta, shuningdek Volvo XC90 hamda Cadillac Escalade joy olgan.

Mavzuga oid