Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyada bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Istanbul shahriga ham tashrif buyuradi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident
14:13 / 05.02.2024