O‘zbekiston | 20:40 / 26.10.2017
16634
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya moliya va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

Foto: twitter.com/@NumanKurtulmus

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binoli Yildirim ishtirokida ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zA bergan xabarga ko‘ra, uchrashuvda oliy darajadagi muloqotlar samarasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan hujjatlar ulkan ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Shuningdek, 26 oktabr kuni Istanbulda o‘tkazilgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari biznes-forumida yirik energetika obektlari va yo‘l infratuzilmalarini qurish, to‘qimachilik mahsulotlari, elektr jihozlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va agrosanoat tarmog‘ida zamonaviy sanoat va logistika markazlari tashkil etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangani ta'kidlandi. 

Prezidentimiz ishbilarmonlarning O‘zbekistonda biznes yuritish borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Foto: @TC_Basbakan

Turkiyalik ishbilarmonlar Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Valyuta bozori erkinlashtirilgani, viza olish tartibi soddalashtirilgani o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qulayliklar yaratgani ta'kidlandi. 

Muloqotda O‘zbekiston va Turkiyaning moliya tashkilotlari, firma va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Mavzuga oid