Jamiyat | 07:55 / 28.10.2017
20648
1 daqiqa o‘qiladi

Ayollarga ataylab OIV yuqtirgan erkak 24 yilga qamaldi

Foto: Valentino Talluto / AFP

Italiyalik Valentino Talluto 30 ayolga ataylab odam immunovirusini (OIV) yuqtirgani uchun 24 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Shifokorlar Tallutoga 2006 yilda OIV tashxisini qo‘yishgan. U shu vaqtdan keyin 53 ayol bilan aloqaga kirib, ulardan 30 nafariga kasalini yuqtirgan. Ta'kidlanishicha, erkak ayollarni tanishuv saytlari orqali topgan.  

Erkakning advokati u ataylab harakat qilmagani, balki ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini ta'kidlagan. Erkakning o‘zi esa agar ayollarga ataylab kasallik yuqtirmoqchi bo‘lganda, unda bu maqsadda muntazam barlarga tashrif buyurishini aytgan.

Sudyalar oxir natijada erkakka 24 yillik qamoq jazosi berishga qaror qilishgan.

Avvalroq olimlar DNK negizida yaratilgan dori vositalari OIV bilan kasallanishning oldini olishda yordam berishini aniqlashgan.

Mavzuga oid