Jamiyat | 15:06 / 28.10.2017
14666
1 daqiqa o‘qiladi

Xayriya aksiyasidan ortgan mablag‘lar bemor bolalarga tarqatildi

Foto: KUN.UZ

KUN.UZ saytida arxitektor bo‘lmoqchi bo‘lgan Robiya haqida xabar bergan edik. U ilik yetishmovchiligi kasalligi bilan xastalanib, bu dard bilan kurashayotgan edi. 

Aytish kerakki, Robiya uchun tashkil etilgan xayriya aksiyasi g‘oyat uyushqoqlik bilan o‘tdi-ki, qisqa vaqt ichida Robiyaning davolanishi uchun yetarli mablag‘ yig‘ildi. Robiya Rossiya Federatsiyasida davolanib keldi. Hozir ahvoli yaxshi. Shifokorar nazoratida. 

Shuningdek, Robiya uchun yig‘ilgan xayriya mablag‘lardan ortib ham qoldi. Shu bois mazkur mablag‘larni ayni kunda oqqon kasalligi bilan kurashayotgan bolajonlarga va sharoiti og‘ir bemorga yo‘naltirdik. 

Ushbu xayriyada ishtirok etgan yurtdoshlarimizning barchasiga katta rahmat!

Mavzuga oid