Sport | 18:00 / 29.10.2017
6543
2 daqiqa o‘qiladi

Vagiz Galiulin «Tosno»ga g‘alaba keltirdi

Rossiya chempionatining 15-turi doirasida «Dinamo» «Tosno»ga qarshi o‘ynadi. Ximkidagi «Arena Ximki» stadionida kechgan uchrashuv peterburgliklar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 9-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin tomonidan urildi. O‘yin davomida maydon egalari hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi, ammo «Tosno» posponi David Yurchenko Aleksandr Tashayevning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasini bartaraf etdi.

Endilikda «Dinamo» 14 ochkosi bilan turnir jadvalining 14-o‘rniga tushdi, «Tosno» ochkolari sonini 17taga yetkazgan holda 11-pog‘onaga ko‘tarildi.

Rossiya chempionati, 15-tur
Dinamo – Tosno 0:1
(0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 9 Galiulin.
Dinamo – Shunin, Shunich, Xolmen (Bechiray, 74), Morozov, Temnikov (Katrich, 46), Sapeta, Zotov (Pogrebnyak, 66), Tashayev, Sosnin, Kozlov, Lutsenko.
Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Chernov, Suxarev, Shaxov, Kazayev (Troshechkin, 46), Mirzov, Karnitskiy, Galiulin (Nunu Rosha, 55), Markov (Melkadze, 80), Zabolotnyy.
Ogohlantirishlar: Suxarev (32), Kazayev (43), Troshechkin (55), Zabolotnyy (59), Pogrebnyak (90), Karnitskiy (90).

Mavzuga oid