Ilon Mask 800 mln. dollardan ayrildi
AQShning elektrmobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Tesla kotirovkalarining pasayishi tufayli davlatining 4 foizidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Nashr ekspertlarining xabar qilishicha, Mask davlatining 4 foizini yo‘qotgan, pulga chaqqanda esa bu summa 800 mln. AQSh dollarini tashkil etmoqda. Milliarderning barcha boyligi 19,1 mlrd. dollarga baholandi.
Avvalroq AQShning elektrmobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 2017 yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘z tarixidagi rekord yo‘qotishlarga uchragani xabar qilingandi. Ilon Mask kompaniyasining iyul-sentabr oylaridagi toza zarari 619 mln. dollarni tashkil etdi. Bu davrda daromad 22 mln. dollarga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:30 / 13.10.2024
SpaceX ilk bor eng og‘ir Starship tashuvchi raketasini yerga muvaffaqiyatli qaytardi
23:17 / 11.10.2024
Ilon Maskning taksi-robotlari sarmoyadorlarda taassurot qoldirmadi
11:43 / 11.10.2024
Tesla taqdimotida Mask o‘zi yuradigan mikroavtobus hamda Optimus robotlarining yangi avlodini ko‘rsatdi
22:34 / 10.10.2024