Mashhur lug‘at yil so‘zini e'lon qildi
Collins English Dictionary ingliz tili lug‘ati tuzuvchilari 2017 yil so‘zi deb «fake news» («soxta yangiliklar») birikmasini topishdi.
«Ozod dunyo yetakchisi ularning ustidan kulmoqda, uni saylovlarga ta'sir ko‘rsatishda ayblashmoqda, biroq bugun „soxta yangiliklar“ haqiqiy yangilikka aylandi, sababi Collins talqini bo‘yicha yil so‘zi sifatida e'tirof etildi», - deyiladi lug‘at saytida.
Collins’ga ko‘ra, «fake news» bu - «yolg‘on, ko‘p holatlarda shov-shuv ma'lumot bo‘lib, u yangiliklar ko‘rinishida tarqatiladi».
2016 yildan beri, deya ko‘rsatadi Collins, jahon OAVda «fake news» so‘z birikmasini qo‘llash 365 foizga oshdi.
Yaqin vaqtlargacha «fake news» tushunchasi birinchi navbatda taqlid ko‘rinishidagi yangiliklar dasturi bilan bog‘langan edi.
2016 yilda AQShdagi prezidentlik kampaniyasida «soxta yangiliklar» iborasi keng foydalanila boshlandi hamda u ijtimoiy tarmoqlarda nomzodlar haqida berilgan ishonchsiz ma'lumotni anglatmoqda.
AQSh prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongan Donald Tramp 2017 yilning yanvarida CNN telekanalining uning Rossiya bilan aloqalari haqidagi xabarini «soxta yangilik» deb atadi, va shundan so‘ng bu so‘z birikmasini o‘z chiqishlari hamda tvitterdagi postlarida ko‘p qo‘llay boshladi.
2016 yilda Collins talqiniga ko‘ra, «Brexit» («Brekzit») – Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi yil so‘ziga aylangan.
Mavzuga oid
10:15 / 02.11.2024
Collins lug‘ati “brat”ni yil so‘zi deb e’lon qildi. Uning ma’nosi nima?
12:26 / 16.11.2023
2023 yil uchun tanlangan “yil so‘zlari” sun’iy intellektga aloqador bo‘lmoqda
23:12 / 01.11.2023
Collins lug‘ati yilning asosiy so‘zini tanladi
19:15 / 29.11.2022