Jamiyat | 18:30 / 03.11.2017
9461
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida ot o‘g‘risi ushlandi

Quyichirchiq tuman IIBga 1989 yilda tug‘ilgan Asliddin Topildiyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, Gul mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan dala maydonida bog‘liq turgan unga tegishli narxi taxminan 2.700.000 so‘m bo‘lgan bir bosh otini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan G‘ulomjon Shermatov va  Quyichirchiq tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Qo‘chqor Normirzayevlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. 

Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid