Jahon | 06:51 / 09.11.2017
5014
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda 24 kishi avtobusning ko‘prikdan ag‘darilishi qurboniga aylandi

Foto: Dunya News

Pokistonning Panjob viloyatida avtobusning ko‘prikdan jarga ag‘darilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohat oldi. Bu haqda Dunya News xabar bermoqda.

Voqea viloyatning janubidagi Talagang aholi punkti yaqinida yuz bergan. Qutqaruvchilarning xabar berishicha, avtobusda 80 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, 12 nafar jarohatlanganning ahvoli og‘ir.

Geo telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Koxatadan Reyvindga ketayotgan avtobus 45 metr balandlikdan tushib ketgan. Shifokorlarning aytishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchilik tajribasiga uncha ega bo‘lmagan haydovchi katta tezlikda burilishni amalga oshirish vaqtida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.

Mavzuga oid