Sport | 22:27 / 10.11.2017
15908
2 daqiqa o‘qiladi

Yarimmarafon va sportcha yurish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

Foto: Yengil atletika federatsiyasi

10 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi tomonidan 21 km 97,5 m, 5 km, 3 km, 1 km'ga yarimmarafon va 5 km, 10 km sportcha yurish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri Yengil atletika federatsiyasi vakili bergan ma'lumotga asoslanib, xabar berdi.

Musobaqada ishtirok etgan sportchilar soni 205 nafarni tashkil qildi. Shulardan 73 nafari - ayollar, qolgani - erkaklar. Qatnashchilar yoshi - 14-90 yosh. Musobaqalarda fransiyalik sportchilar ham ishtirok etishdi. Quyida mazkur musobaqa natijalariga doir ma'lumotlar taqdim etiladi:

Jamoaviy birinchilik:

Birinchi guruh

1-o‘rin -Toshkent viloyati

2-o‘rin - Toshkent shahri

3-o‘rin - Samarqand viloyati

Ikkinchi guruh

1-o‘rin -Namangan viloyati

2-o‘rin - Qashqadaryo viyaloti

3-o‘rin - Navoiy viloyati

10 kilometrga sportcha yurish

Foto: Yengil atletika federatsiyasi

Erkaklar o‘rtasida

1-o‘rin -Salomov Shohrux (44:56,9), Jizzax viloyati

2-o‘rin - Zokirov Asilbek (46:52,0), Qashqadaryo viloyati

3-o‘rin - Dilmurodov Rasulbek (48:02,6), Qashqadaryo vil.

Ayollar o‘rtasida

1-o‘rin -Yafasova Diana (51:50,4), Navoiy viloyati

2-o‘rin - Nabiyeva Parizoda (53:28,2), Qashqadaryo viloyati

3-o‘rin - Tursunova Maryam (55:16,7), Namangan viloyati

Yarimmarafon

Foto: Yengil atletika federatsiyasi

Erkaklar o‘rtasida

1-o‘rin - Safarov Bekzod (1:16:42,0), Jizzax viloyati

2-o‘rin - Mirsoatov Xasan (1:16:48,0), Toshkent viloyati

3-o‘rin - O‘tkirov Baxtiyor (1:17:57,0), Samarqand viloyati

Ayollar o‘rtasida

1-o‘rin - Tunguskova Yekaterina (1:22:21,0), Farg‘ona viloyati

2-o‘rin -  Talachyova Sabina (1:32:30,0), Namangan viloyati

3-o‘rin - Salimova Maxbuba (1:53:12,0), Toshkent viloyati

Mavzuga oid