Rossiyaning RT telekanali AQSh hukumatining shartiga ko‘nishga majbur bo‘ldi
Rossiyaning RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan RT America telekanali AQShda xorijiy agent sifatida ro‘yxatdan o‘tganini ma'lum qildi.
Avvalroq AQSh adliya vazirligi buni qilishga 13 noyabrgacha muhlat bergandi, aks holda telekanalga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan tahdid qilgan. Simonyan bu shartni tanqid qildi.
“Jinoiy ish va ro‘yxatdan o‘tish o‘rtasida biz oxirgisini tanladik. Shu sababli Amerika so‘z erkinligini va unga hamon ishonuvchilarni tabriklayman”, deb kinoya qilgan Simonyan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShda Rossiya ommaviy axborot vositalari atrofidagi vaziyatni so‘z erkinligiga hujum deb atagan. Uning aytishicha, “so‘z erkinligisiz demokratiya mavjud bo‘lmaydi”.
Rossiya kommunikatsiya va aloqa vazirligi AQShning bunday harakatlariga aks choralar ko‘rilishini aytgan.
Shu sababli Davlat dumasi spikerining topshirig‘iga ko‘ra, AQShda Rossiya OAVning siquvga olinishlariga javob choralarini ko‘zda tutuvchi qonunga tuzatmalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh yaratildi.
Bu tuzatmalar ta'siriga “Ozodlik radiosi”, Deutsche Welle, “Amerika ovozi”, CNN kabi xorijiy telekanallar tushishi mumkin. Senator Aleksey Pushkovning aytishicha, bu telekanallar “kabel televideniyesi operatorlari paketlaridan olib tashlanishi mumkin”.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024