AQShda teleuzatish 4K o‘lchamga o‘tmoqda
AQShda ayni damda 4K o‘lchamdagi teledasturlar va filmlar striming servislari hamda talabga ko‘ra video taqdim etuvchi xizmatlar tomonidan namoyish etiladi. Biroq Qo‘shma Shtatlar Federal agentligi (FCC) qaroriga ko‘ra, teleuzatuvchilar endi dasturlarni o‘ta yuqori kenglikda ko‘rsatishlari mumkin.
Engadget’ning xabar berishicha, FCC yangi qoidalar qabul qilib, ular kompaniyalarga ko‘ngilli asosda keyingi avloddagi (ATSC 3.0) televizion uzatish standartini qo‘llash imkonini beradi.
Tomoshabinlarga mahsulotni 4K-sifatda olish imkonini beruvchi texnologiyalar ko‘p yillar davomida ishlab chiqildi. FCC yangi qoidalari teleuzatuvchilarga dasturlarni chastotasi 6 MGts bo‘lgan kanallar bo‘yicha yangi shaklda ko‘rsatish imkonini taqdim etadi.
Keyingi avloddagi TV standartiga o‘tishni yengillashtirish va jamoatchilik manfaatini hisobga olish uchun, agentlik bir necha talablarni o‘rnatdi. ATSC 3.0’ga o‘tish istagida bo‘lgan uzatuvchilar mahalliy telestansiyalar bilan hamkorlik qilishi kerak. Shuningdek, mijozlar o‘zgarishlardan avvalroq xabardor etiladi.
Mavzuga oid
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
15:57 / 11.10.2024